



Oldin ham Milliy markaz bosh binosi hududida “O’zbekiston-Xitoy” Yanlin innovatsion agroparki (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/8449?single) tashkil etilishi haqida xabar bergan edik. Ushbu tashabbus Qishloq xo’jaligi vazirligi delegatsiyasining (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/8422) Xitoyning (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/8422) Shenzi provensiyasi Yanlin shahrida bo’lib o’tgan «31-Xalqaro qishloq xo’jaligi yarmarkasi»da ilgari surilgan edi. Tadbirda faxriy mehmon sifatida taklif etilgan Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Milliy markaz huzurida agropark tashkil etish loyihasini taqdimot qilgan edi. Mazkur loyiha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy davlat tashrifi (https://president.uz/oz/lists/view/6999)da (https://president.uz/oz/lists/view/6999) ikki mamlakat rahbarlari tomonidan imzolangan kelgusi hamkorlik rejalari doirasida amalga oshirilmoqda.
Agropark qurilishida o’z tashabbuslari bilan ishtirok etishni istagan Xitoy Xalq Respublikasining agrobiznes vakillari Qishloq xo’jaligi vazirligi va Milliy markaz rahbariyatiga takliflari bilan taqdimot o’tkazmoqda. Bugun shunday taqdimotlardan biri tinglandi. Xitoyning «JIN FENG YUAN» kompaniyasi delegatsiyasi Milliy markazga tashrif buyurib, investitsion loyihani taqdimot qilishdi.
Milliy markaz huzurida tashkil etiladigan mazkur innovatsion agropark erkin iqtisodiy hudud maqomiga ega bo’lib, kelgusida unga rezedent bo’lib kirgan qishloq xo’jaligi subyektlariga tegishlicha imtiyoz va preferensiyalar taqdim etadi.
Agroparkda shuningdek, yuqori samarador qishloq xo’jaligi ekinlar va texnikalarning demostratsion maydoni mavjud bo’ladi. Hamda u yerda zamonaviy urug’chilik va ko’chatchilik imkoniyati ham tashkil etish ko’zda tutilmoqda, natijada tayyor urug’ va ko’chatlarni fermer va dehqon xo’jaliklariga yetkazib berish mexanizmi ham joriy etiladi.
Loyiha taqdimotini eshitishda Qishloq xo’jaligi vaziri o’rinbosari Alisher Shukurov hamda Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov ishtirok etdi. Investitsion loyiha yuzasidan o’z takliflarini bildirib o’tdi.