Ayni daqiqalarda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Lalmikor yerlarda boshoqli va dukkakli don, yem-xashak, moyli hamda poliz ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirishning innovatsion agrotexnologiyalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar — “Dala kuni” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.Seminarni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jamshid Abduzuhurov ochib berdi. U o‘z nutqida lalmikor dehqonchilikning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati, sohani rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, no‘xat urug‘chiligi tizimini takomillashtirish hamda eksportbop navlarni yaratish masalalariga alohida to‘xtaldi.
Seminarda olimlar, soha mutaxassislari va fermerlar ishtirok etmoqda.







