“Germoplazmalardan foydalanib turlararo duragaylash yо‘lida tezpishar navlar yaratish”

Loyiha nomi:
“Germoplazmalardan foydalanib turlararo duragaylash yо‘lida tezpishar navlar yaratish”

Kutilayotgan natijalar:
1. Qimmatli germoplazma manbalari aniqlanadi turli ekologik-geografik kelib chiqishga ega bо‘lgan germoplazmalar о‘rganilib, tezpisharlik, stressga chidamlilik va yuqori mahsuldorlikka ega manbalar tanlab olinadi.
2. Turlararo duragaylar yaratiladi ingichka va о‘rta tolali g‘о‘za turlari о‘rtasida maqsadli duragaylash ishlari amalga oshirilib, yangi kombinatsiyalar hosil qilinadi.
3. Tezpishar genotiplar ajratib olinadi vegetatsiya davri qisqa, erta gullash va pishish xususiyatiga ega bо‘lgan istiqbolli liniya va formalar saralanadi.
4.  Seleksiya uchun dastlabki liniyalar shakllantiriladi tanlangan duragay populyatsiyalaridan yuqori xо‘jalik qimmatli belgilarga ega barqaror liniyalar ajratib olinadi.
5. Agrobiologik va xо‘jalik kо‘rsatkichlari baholanadi hosildorlik, tola sifati (uzunligi, mustahkamligi, chiqimi), kasallik va zararkunandalarga chidamlilik kabi kо‘rsatkichlar kompleks о‘rganiladi.
6. Genetik-seleksion parametrlar aniqlanadi belgilarning meros qilinish xususiyatlari, kombinatsion qobiliyat va seleksiya samaradorligi baholanadi.
7. Yangi istiqbolli navlar yaratish uchun asos shakllanadi Olingan liniyalar asosida davlat nav sinovlariga taqdim etishga yaroqli tezpishar g‘о‘za navlari yaratiladi.
8. Iqlim о‘zgarishiga mos navlar taklif etiladi. Qisqa vegetatsiya davriga ega navlar orqali qurg‘oqchilik va yuqori harorat sharoitida barqaror hosil olish imkoniyati kengayadi.
9. Ishlab chiqarishga joriy etish uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi yangi navlarni yetishtirish agrotexnikasi bо‘yicha amaliy qо‘llanmalar va tavsiyalar tayyorlanadi.

Bajarish muddati:
2024-2028 yillar

Scroll to Top