Loyiha nomi: “Urug‘ meva li (olma, nok, bexi) daraxtlarni vegetatsiya davrida Erwinia amylovora bakteriyasidan va sabzavot (karam, piyoz, sarimsoq) ekinlari hosilini saqlash davrida kasalliklardan himoya qilish usullarini ishlab chiqish”
Kutilayotgan natijalar: Ushbu loyiha doirasida urug‘ meva li (olma, nok, bexi) daraxtlarni vegetatsiya davrida Erwinia amylovora bakteriyasidan himoya qilishning ilmiy asoslangan samarali usullari ishlab chiqiladi. Jumladan, kasallikning tarqalish xususiyatlari, infeksiya manbalari va rivojlanish omillari о‘rganilib, uni barvaqt aniqlash va oldini olish bо‘yicha tavsiyalar tayyorlanadi.
Shuningdek, sabzavot (karam, piyoz, sarimsoq) ekinlari hosilini saqlash davrida uchraydigan asosiy kasalliklar aniqlanib, ularga qarshi integratsiyalashgan himoya chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Bu choralar saqlash jarayonida mahsulot sifatini saqlab qolish va yо‘qotishlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Loyiha yakunida:
fitosanitar holatni yaxshilashga qaratilgan amaliy tavsiyalar;
biologik va kimyoviy himoya usullarining optimal kombinatsiyasi;
qishloq xо‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun qо‘llanma va metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Natijada, meva va sabzavot mahsulotlarining hosildorligi va sifati oshirilib, iqtisodiy samaradorlik ta’minlanadi.
Bajarish muddati: 2025-2027



