
🟢Xabaringiz bor Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.12.2024 yildagi PQ-420-son qaroriga binoan «Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti» tashkil etildi.
💫Ayni vaqtda institutda dastlabki malaka oshirish kursi start oldi. Unda qishloq xo’jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari professor o’qituvchilari 288 akademik soatni o’z ichiga olgan malaka oshirish va qayta tayyorlash kursini o’qishmoqda. Tinglovchilarning jami 46 nafar bo’lib, ularga agronomiya va agromuhandislik yo’nalishida yurtimizning nufuzli olimlari tomonida zamonaviy metodikalarda ta’lim berilmoqda.
🟢Tinglovchilar bilan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ilm-fan, innovatsiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i To’xtamurod Atakulov va Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori Bahodir Eshchanov uchrashib, malaka oshirish kursining ahamiyati va imtiyozlari bilan yaqindan tanishtirdilar.
✅Ma’lumot uchun: Kurs tugatganlik bo’yicha tinglovchilarga davlat ro’yxatida turadigan va 3 yil muddatga amal qiladigan maxsus sertifikat beriladi.

