Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili bahor va kuz mavsumida yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Bu ezgu tashabbus tufayli shahar va qishloqlarimiz tobora go‘zal ko‘rinishga kirib, mamlakatimizdagi yashil hududlar maydoni yil sayin kengayib bormoqda.
Shu ma’noda aytganda. bugun Toshkent–Ohangaron yo‘li bo‘yida o’tkazilgan daraxt ekish tadbiri ham bu boradagi ezgu ishlarning bir ko’rinishidir. Unda qator vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda uning tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari jamoalari ham faol ishtirok etdilar.
Ko‘ngillilar tomonidan yo‘l bo‘yidagi qariyb 1500 metr masofada suv kam talab qiladigan manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Bu tashabbus nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlash, balki atrof-muhitni obod va sog‘lom saqlashga ham xizmat qiladi.
Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi nafaqat hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, balki aholida, ayniqsa yoshlarda tabiatga mehr va ekologik madaniyatni oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.






