«Osiyo sholi tadqiqotlari bo’yicha hamkorlik Kengashi»(CORRA)ning 29-yalpi majlisi bo’lib o’tadi.

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida 29-30-oktabr kunlari «Osiyo sholi tadqiqotlari bo’yicha hamkorlik Kengashi»(CORRA)ning 29-yalpi majlisi bo’lib o’tadi.

Ushbu uchrashuv Markaziy Osiyoda birinchi marotaba tashkil etilayotganligi bilan ahamiyatlidir.

Ikki kunlik uchrashuvda 15 dan ortiq sholi yetishtiruvchi mamlakatlarning sohadagi yetuk mutaxassislari va rahbarlari Osiyoda va undan tashqarida sholichilik tarmog’ining kelajagi va rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvning to’liq tafsilotlarini ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Прокрутить вверх