7-oktabr — Butunjahon paxta kuni

blank

Mamlakatimizda 7-oktabr sanasini “Butunjahon paxta kuni” sifatida keng nishonlash an’anaga aylanib bormoqda.

Butunjahon paxta kuni ilk bor 2019-yil 7-oktabrda Jahon savdo tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD), Xalqaro savdo markazi (ITC) hamda Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi (ICAC) tashabbusi bilan nishonlangan.

2021-yilda esa Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 7-oktabr kuni rasman “Xalqaro paxta kuni” deb e’lon qilindi.

Bu sana paxta yetishtiruvchi mamlakatlar mehnatini qadrlash, sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlash va tola “oq oltin”ning global ahamiyatini e’tirof etish uchun muhim bayram sifatida nishonlanadi.

Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashabbusi bilan Markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotеxnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida ham mazkur sana keng nishonlanadi.

Прокрутить вверх