Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida oʻrim-yigʻim ishlari bajarilmoqda.

blank

Joriy yilda institutning Sholi genetikasi va seleksiyasi laboratoriyasi tajriba maydonida sholining mingga yaqin xorijiy va mahalliy nav naʼmunalari ekilib parvarish qilindi. Hozirgi kunda pishib yetilgan sholini yigʻib olish ishlari boshlandi.

Laboratoriya hodimlari tomonidan sholining xorijiy navlarini yurtimiz iqlim sharoitiga moslashganligi, qurgʻoqchilikka va shoʻrga chidamliligi kabi koʻrsatkichlariga qarab naʼmunalarga ajratiladi. Bu esa sholikor dehqonlar uchun stress omillarga chidamli boʻlgan yangi sholi navlarini yaratishga zamin bo’ladi.

Прокрутить вверх