
Milliy markaz tizimidagi Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining Nukus tumanidagi tajriba maydonida Rossiya Federatsiyasi elchixonasi maslahatchisi Yuriy Boychenko ishtirokida qo‘shma loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishuv bo‘lib o‘tmoqda.
Tashrif BMT Taraqqiyot dasturining Rossiya Federatsiyasi mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “Orolbo‘yi mintaqasida aholi barqarorligini oshirish va yashil rivojlanishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tashkil etilgan.
Ushbu tashabbus Rossiya Federatsiyasining Don qishloq xo‘jaligi ilmiy markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida markaz olimlari yaratgan qurg‘oqchilikka chidamli sholining 15 ta navi mahalliy tuproq-iqlim sharoitida sinovdan o‘tkazilmoqda.



