Agrar soha rivoji uchun xizmat qiluvchi zamonaviy o’quv markazi faoliyat boshladi

Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida “Meva-sabzavotchilikda ilgʻor texnologiyalar” oʻquv markazi binosi tantanali ravishda topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

blank

Dast avval qishloq xoʼjaligi vaziri oʼrinbosari Alisher Shukurov soʼzga chiqdi. U nutqida davlat rahbarining “Qishloq xoʻjaligini ilm-fansiz rivojlantirib boʻlmaydi” degan fikrini yodga oldi va sohada bilim hamda innovatsiyalarning beqiyos ahamiyatga ega ekanini, soʻnggi yillarda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish va resurstejamkor texnologiyalarni amaliyotga kiritish boʻyicha muhim ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi.

Shundan so’ng qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktor o’rinbosari Bunyod Mamarahimov so’zga chiqib, ushbu loyihadan ko’zlangan maqsad va mazkur zamonaviy o’quv markazining oldiga qo’yilgan ustvor vazifalar hamda uning imkoniyatlari bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. U o’z so’zida bu o’quv markazi soha olimlari, ishlab chiqaruvchilar, fermerlar va tomorqachilar uchun nafaqat zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, balki yangi g’oyalarni amalga oshirish uchun qulay platforma vazifasini bajarishini bildirdi.

Ma’lumot o’rnida aytib o’tish kerakki, ushbu zamonaviy o’quv markazi 215 oʻringa moʻljallangan 4 ta oʻquv auditoriyasi, 20 oʻrinli kompyuter xonasi, 32 oʻrinli yotoqxonasi, alohida oshxona, zamonaviy issiqxona va qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan jihozlanganligi, mazkur oʻquv markazida yiliga 2000 nafar fermer xorijiy va mahalliy mutaxassislar ishtirokida malaka oshirish imkoniyatiga ega.

Tadbir yakunida ikki davlat hamkorlik vakillari oʻquv markazi binosi tantanali topshirish va qabul qilish bo’yicha rasmiy hujjat imzolashdi.

Прокрутить вверх