Aysberg karami – bozori chaqqon va daromadli ekin

Aysberg karami so‘nggi yillarda iste’mol bozoridan mustahkam o‘rnin egallamoqda. U uy bekalari salat tayyorlashda eng ko‘p ishlatadigan mahsulotlardan biriga aylandi, desak yanglishmaymiz. Restoran va bozorlarda ham unga talab yuqori, narxi ham yaxshi. Shuning uchun aysberg karamini yetishtirish dehqon uchun bozori chaqqon va daromadli ekin hisoblanadi.

Hozir esa uni takroriy ekin sifatida ekishning eng qulay vaqti

Ekish uchun mos yerlar
Ertagi kartoshka, sabzi, bodring, osh lavlagi va g‘alladan bo‘shagan maydonlar.

Tavsiya etilgan navlar
Konkord F1, Lagunas F1, Saula F1, Fioret, Madrid F1, Robinson F1, Krupnokochanniy, Russkiy razmer.

Ekish muddatlari
Janubiy viloyatlarda: 1–5 sentyabr

Markaziy viloyatlarda: 10–15 avgust

Shimoliy mintaqalarda: 1–5 avgust

Ko‘chat dalaga o‘tkazilganda 6–7 ta haqiqiy barg bo‘lishi lozim.

Ekish sxemasi
70×20 sm, 70×30 sm yoki 40+15+15×30 sm (o‘simlik o‘suviga qarab).

20–30 sm chuqurlikda haydaladi va chizellanadi.

Parvarish ishlari

Ekishdan 2–3 kun o‘tgach, unmagan joylarda qayta ko‘chatlanadi.

Ko‘chat tutgandan so‘ng egat oralari kultivatsiya qilinadi.

Birinchi yalpi ishlov – ko‘chatdan 15–20 kun o‘tgach: qator oralarini yumshatish, ma’danli o‘g‘it berish va sug‘orish.

Ikkinchi yalpi ishlov – birinchi sug‘orishdan 20–25 kun o‘tgach.

O‘g‘it me’yori (ga uchun)

Bo‘z tuproqlarda: 240 kg azot, 160 kg fosfor, 100 kg kaliy.

O‘tloqi-botqoq tuproqlarda: 200 kg azot, 160 kg fosfor, 120 kg kaliy.

Sug‘orish

Bo‘z tuproqlarda: 7–8 marta

Sizot suvi baland yerlarda: 5–7 marta

Sug‘orish me’yori: 500–550 m³/ga

Hosildorligi gektariga o‘rtacha 23–25 tonna.

Прокрутить вверх