Andijon viloyatida urugʻlik gʻoʻzani aprobatsiyadan oʻtkazish boʻyicha seminar bo‘lib o‘tmoqda

Ayni paytda Andijon viloyati Baliqchi tumanida joylashgan “Baliqchilik Abdushukur yerlari” urugʻchilik fermer xoʻjaligida gʻoʻza urugʻliklari ekinlarini aprobatsiyadan oʻtkazish jarayoniga bagʻishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Urugʻchilikni rivojlantirish markazi, Andijon viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda viloyatdagi ilgʻor urugʻchilik xoʻjaliklari vakillari faol ishtirok etmoqda.

💬Seminarda gʻoʻza navlarining biologik sofligi, navga xos belgilarining saqlanishi, fenologik rivojlanish bosqichlari va agrotexnik holati yuzasidan amaliy tushuntirishlar berilmoqda. Mutaxassislar tomonidan dalada olib borilayotgan aprobatsiya ishlari namoyish etilmoqda. Ishtirokchilar yer maydonlarini ko‘zdan kechirib, real kuzatuvlar, yozuvlar va baholash mezonlari bilan bevosita tanishmoqda.

Ushbu seminar viloyatda sifatli urugʻlik ishlab chiqarish, navlarning sof holatda saqlanishini ta’minlash va ilgʻor tajribalarni ommalashtirish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir doirasida qatnashchilarga metodik materiallar va sohaga oid amaliy tavsiyalar taqdim etilmoqda.

Прокрутить вверх