Tomonlar Navoiy viloyatida zamonaviy sug‘orish tizimlari bo‘yicha trening va seminarlar tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishdi. Avgust oyida esa hamkorlik memorandumi imzolanishi, sentyabr oyidan boshlab hududlarda fermerlar uchun bosqichma-bosqich amaliy treninglar yo‘lga qo‘yilishi reja qilindi.
Shuningdek, kelgusida:
AKIS tizimi bilan hamkorlikda tuproq tahlillarini o‘tkazish;
Sug‘orish suvlari hisob-kitobini yuritishni va tejamkor sug‘orish texnologiyalarini AKIS mutaxassislariga o‘rgatish;
Paxta maydonlarida tajriba loyihalarini amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan.
“Caritas Switzerland” — Shveysariyaning yetakchi notijorat tashkiloti bo‘lib, suv resurslarini tejamli boshqarish, iqlimga mos sug‘orish tizimlari va ekologik barqarorlik yo‘nalishlarida xalqaro loyihalarni amalga oshiradi.
Mazkur hamkorlik O‘zbekiston agrar tarmog‘ida innovatsion va barqaror sug‘orish amaliyotlarini keng joriy etish uchun muhim qadam bo‘lmoqda.







