EKSPERTLAR ISHTIROKIDA DALA KO‘RIGI

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida dala ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Milliy markazning ekspertlar guruhi ishtirok etdi. Ko‘rik davomida institutning laboratoriyalari, tayanch doktorantlar va stajyor-tadqiqotchilarning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Doktorantlar tomonidan tajriba maydonida sinovdan o‘tkazilayotgan sholi, soya va mosh kabi ekin turlarining yangi tizim va navlari samaradorligi o‘rganildi. Muloqot jarayonida ilmiy izlanuvchilarning tanlagan mavzulari, olib borayotgan tadqiqot ishlari, ularning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari haqida batafsil ma’lumot olindi.

Milliy markaz ekspertlari tomonidan doktorantlar va laboratoriyalar faoliyatida aniqlangan metodik hamda amaliy kamchiliklar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularning echimlariga oid fikrlar bildirildi.

blank
blank
blank
Прокрутить вверх