Bu haqda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagii akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Iroda Qosimova o‘zining Facebook sahifasida (https://www.facebook.com/share/p/1M6KobNbWE/?mibextid=wwXIfr) xabar qoldirgan.
Uning ta’kidlashicha, olma po‘stlog‘i endi farmatsevtika va bioplastika sohalarida yangi umid sifatida o‘rganilmoqda. 2025-yilgi xalqaro biotexnologiya tadqiqotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, olma po‘stlog‘i tarkibidagi kversetin, ursolik kislota va triterpen birikmalari saraton hujayralarining o‘sishini to‘xtatishga yordam beruvchi tabiiy komponentlar sirasiga kiradi.
Yangilik nimada?
Ilgari chiqindi sifatida qaralgan olma po‘stlog‘i hozirda:
Organik bioaktiv modda sifatida ekstraksiya qilinmoqda;
Immunitetni kuchaytiruvchi tabiiy qo‘shimcha sifatida klinik sinovlarda qo‘llanmoqda;
Shuningdek, bioplastikalar tayyorlashda biologik asosli polimer sifatida o‘rganilmoqda.
Qizig‘i shundaki, bu mahsulotlarni ishlab chiqarishda kimyoviy vositalar ishlatilmaydi, bu esa ekologik xavfsizlikni ta’minlaydi.
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, 1 kg olma po‘stlog‘idan o‘rtacha 35–50 mg qimmatli antioksidant ajratib olish mumkin. Bu esa dorivor mahsulotlar, sog‘lom ovqatlar va kosmetik vositalarda keng qo‘llanilishiga yo‘l ochmoqda.
Siz olmani butunlay iste’mol qilasizmi? Endi esa po‘stlog‘ini tashlamang — unda hayot uchun foydali sirlar yashiringan!
