Uzum mevalarining qurib qolishi ko‘pincha issiq ob-havo, noto‘g‘ri parvarish yoki oziqa yetishmovchiligi bilan bog‘liq. Ayniqsa Toyfi navida bu holat ko‘p uchraydi.
Eng ko‘p uchraydigan sabablari:
Suv yetishmasligi
Issiq kunlarda g‘ujumlar ko‘proq suv talab qiladi. Agar sug‘orish yetarli bo‘lmasa — mevalar quriy boshlaydi.
Ortiqcha g‘ujum qoldirish
Bir shoxda ko‘p g‘ujum bo‘lsa, suv va oziqa barcha mevaga yetmaydi — natijada ayrimlari qurib qoladi.
Og‘ir va zich tuproq
Tuproq havoni yaxshi o‘tkazmasa, ildiz suv va oziqani o‘zlashtira olmaydi.
Ichki fiziologik buzilishlar
Bunch-stem necrosis kabi buzilishlar hech qanday tashqi belgisiz mevalarni quritib qo‘yadi.
Kaliy va fosfor yetishmovchiligi
Bu moddalarning tanqisligi mevani suvni ushlab turishdan ojiz qiladi.
Zamburug‘li va virusli kasalliklar
Qora changi, antraknoz kabi kasalliklar g‘ujumni quritib yuboradi.
Nima qilish kerak?
Sug‘orishni to‘g‘ri tashkil qiling – 7–10 kunda bir marta, chuqur sug‘orish
G‘ujumlarni me’yorda qoldiring – 1 shoxga 1–2 dona yetarli
Kaliy va fosforga boy o‘g‘itlar bering – ayniqsa yozda
Tuproqni yumshatib turing – suv va havo ildizga yaxshi yetsin
Kasallik yo‘q deb beparvo bo‘lmang
Vaqtida ishlov berilsa, zararkunanda paydo bo‘lmaydi
