Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Germaniyaning Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) o‘rtasida “Markaziy Osiyoda iqlim xavfini boshqarish” loyihasi doirasida Anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi.
Mazkur hamkorlik Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalashtirilayotgan mintaqaviy loyiha doirasida amalga oshirilmoqda. 2022-yilda boshlangan loyiha 2028-yilgacha davom etadi.
