Bog‘dorchilik ilmni rivojlantirishda Ozarbayjon bilan hamkorlik

Milliy markaz tizimidagi akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga Ozarbayjon Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Mevachilik va choychilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ilhom Karagurbanli boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Ozarbayjon Respublikasining Mevachilik va choychilik ilmiy-tadqiqot instituti akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining yaqin hamkorlaridan biri hisoblanib, 2024-yilda ikki tomonlama hamkorlik memorandumi va shartnomasi asosida beg‘araz tarzda olib kelingan funduk ko‘chatlari negizida 1,5 gektar maydonda tajriba sifatida funduk plantatsiyasi tashkil etildi.

Tashrif davomida ozarbayjonlik hamkorlar institut faoliyati bilan tanishib, O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitida funduk plantatsiyasining o‘sishi va rivojlanishi jarayonini ko‘zdan kechirdilar hamda fundukni yetishtirish va parvarishlash bo‘yicha agroteknik tavsiyalar berdilar.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida istiqbolda amalga oshiriladigan ilmiy-amaliy loyihalar muhokama qilinib, ularning asosiy yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari belgilab olindi.

blank
blank
blank
Прокрутить вверх