Ilmiy-texnik kengash: amaliy natijalar, moliyaviy rag‘bat va davlat dasturlari doirasidagi yangi mavzular muhokamada

Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Ilmiy-texnik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Kengash raisi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Shodmon Namozov ochib, Kengash a’zolarini kun tartibidagi masalalarga jiddiy yondashishga va muhokamalarda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar bilan Kengash kotibi, Milliy markaz bo’lim boshlig’ Shahnoza Ergashyeva ishtirokchilarni tanishtirdi. Dastlab dissertatsiya ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar ko‘rib chiqildi. Masala yuzasidan Kengash a’zosi, Milliy markaz bo’lim boshlig’i Ikrom Qoraboyev so‘zga chiqib, Markazga Ilmiy-texnik kengashda ko’rib chiqish uchun jami 71 ta murojaat kelib tushganini ma’lum qildi. Shundan 58 ta talabgorga hujjatlar va ma’lumotnomalar to‘liq rasmiylashtirilganligi sababli, amaliyotga joriy etish ma’lumotnomasi berish tavsiya etildi. 13 nafar talabgorga esa hujjatlari to‘liq emasligi va ilmiy natijalar yetarlicha asoslanmaganligi bois ma’lumotnoma berish rad etildi. Kengash a’zolari ma’qullash va rad etilgan holatlarni muhokama qilib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-son qarori (https://lex.uz/docs/-4662181) bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, Milliy markazning ilmiy darajali xodimlari lavozim maoshiga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida e’lon qilish uchun taqdim etilgan tematik mavzular ham ko‘rib chiqildi. Shu va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan Kengash a’zolari o‘z fikrlarini bildirib, yig‘ilish yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

blank
blank
blank
blank
Прокрутить вверх