Favqulodda holatga tayyor bo‘lish — hayotni asrashdir

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida bugun fuqarolarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari hamda mutaxassislar ishtirokida tashkil etildi. Unda Markaz xodimlariga yong‘in, zilzila, suv toshqini kabi favqulodda holatlarda xavfsizlik qoidalari, birinchi yordam ko‘rsatish usullari va tezkor evakuatsiya tartiblari haqida amaliy va nazariy bilimlar berildi.

Maʼlumotlarga boy, interaktiv tarzda o‘tgan mashg‘ulot davomida fuqarolar o‘zlari uchun yangi va foydali bilimlarni egallashdi. Maxsus ko‘rgazmalar, xavfsizlik bo‘yicha ko‘rgazmali materiallar va videoroliklar orqali mavzuning ahamiyati yanada chuqur yoritildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarining savollariga batafsil javoblar oldilar va kundalik hayotda xavfsizlikka doir qoidalarni unutmaslik zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.

Bunday tadbirlar fuqarolarning ogohligi, hushyorligini oshirish va favqulodda holatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilishiga zamin yaratadi.

blank
blank
blank
blank
Прокрутить вверх