O‘zbek va vetnamlik olimlar sholichilikda tajriba almashmoqda

Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Vetnamda xizmat safarida bo‘lib turgan bir guruh olim va mutaxassislari “O‘zbekiston – Vetnam o‘rtasida sholichilik sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, Vetnamning sholi zararkunandalariga qarshi kurashish borasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish maqsadida Cuu Long Delta sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Ushbu institut 360 gektar maydonga ega bo‘lib, shundan 30 gektarida urug‘lik sholilar parvarishlanadi. Genetika va seleksiya hamda agrotexnika laboratoriyalarida yuqori sho‘rlanish, issiqlik va boshqa stress omillarga chidamli, yuqori hosilli sholi navlarini yaratish ustuvor yo‘nalish sifatida yo‘lga qo‘yilgan. So‘nggi 40 yil davomida institutda 200 ga yaqin yangi navlar yaratilgan bo‘lib, hozirda 3000 dan ortiq sholi kolleksiyasi mavjud.

Agrotexnika laboratoriyasida esa zamonaviy texnologiyalar keng joriy etilgan. Xususan, urug‘liklarni dron yordamida ekish, mineral o‘g‘itlar va gerbitsidlarni ham dron orqali sepish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Ta’kidlanishicha, dronlar 40–50 daqiqa ichida 1 gektar maydonga to‘liq ishlov berish quvvatiga ega. O‘zbekistonlik mutaxassislar mazkur ilg‘or tajribani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, tajriba dalasida olib borilayotgan ilmiy ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

blank
blank
blank
Прокрутить вверх