Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutiga Xalqaro CIMMYT (International Maize and Wheat Improvement Centre) vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ayniqsa, g‘allachilik sohasini modernizatsiya qilish, yuqori hosildor navlarni yaratish va ilm-fanga asoslangan yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish borasida takliflar ilgari surildi.
Ushbu tashrif xalqaro tajriba va ilg‘or ilmiy uslublarni o‘rganish, ularni milliy amaliyotga joriy etish va barqaror qishloq xo‘jaligini shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri hisoblanadi.


