Yosh olim va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi

Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Sh. Otajonov hamda Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi direktori S. Nazirov o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar agrar sohada amalga oshirilayotgan ilg‘or loyihalar, innovatsion yondashuvlar hamda ilmiy izlanishlar borasida fikr almasdi.

Muhokamalar chog‘ida ikki tashkilot – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Ilmiy-texnik axborot markazi o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish, shuningdek, yosh olim va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh olimlarning ilmiy ishlanmalarini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xorijdagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ilmiy kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

blank
blank
blank
Прокрутить вверх