Bugun Farg’ona viloyatining Qo’shtepa tumanida viloyat Agroxizmatlar markazi direktori, Paxtachilik kengashi ishchi guruhi rahbari Ravshanbek Qurbonov tomonidan Xitoylik mutaxassislar bilan birgalikda tuman tashkilotlari va fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida seminar tashkil qilindi.
Seminarda 2025-yilda xorijiy paxta navlari, xususan «Tian Ye Agro» O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasining «Xin Lu Zao 78» navining xususiyatlari, agrotexnik tadbirlarni o’tkazish, ekish uchun 76 sm va 76×10 sm sxemalarga texnikalarni moslash va boshqa masalalar buyicha tavsiya va ko’rsatmalar berildi. Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
Bu kabi seminarlar Respublikamizning barcha hududlarida paxtachilik sohasining yetakchi olimlari ishtirokida bo’lib o’tmoqda.


