«Agroinnovatsiya va yoshlar» ko’rik-tanlovi g’oliblari aniqlandi

blank

Qishloq xo’jaligi vazirligi tashabbusi bilan «Agroinnovatsiya va yoshlar» ko’rik-tanlovi tashkil etildi. Unda vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalarida tadqiqot olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar jamoa bo’lib ishtirok etdi. Jamoalar uch guruhga bo’lingan holda ikki bosqichli sinovlarda kuch sinashib, har bir guruhdan bir jamoa final yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Finalda O’simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining «Genofond» jamoasi, «O’zdavyerloyiha» davlat ilmiy loyihalash instituti «Yer tuzuvchilar» va Toshkent Agrar universitetining «Innovator yoshlar» jamoasi g’oliblik uchun bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra:

1⃣-o’rin «O’zdavyerloyiha» davlat ilmiy loyihalash instituti «Yer tuzuvchilar» jamoasi

2⃣-o’rin Toshkent Agrar universitetining «Innovator yoshlar» jamoasi

3⃣- o’rin O’simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining «Genofond» jamoasi egalladi.

Прокрутить вверх