“Aqlli” issiqxonalarni boshqarish bo‘yicha seminar-trening

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Janubiy Koreyaning KOAMI tashkiloti hamkorligida “aqlli” issiqxonalarni yurtimiz iqlim sharoitida yaratish hamda ularni boshqaradigan malakali kadrlarni tayyorlash borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Aynan shu tashabbusning amaliy davomi sifatida Milliy markazda ikki kunlik seminar-trening tashkil etildi. Unda markaz hodimlari, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba yoshlar va KOAMI tashkiloti vakillari, ya’ni Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan ekspertlar ishtirok etdi.

Tadbirni Milliy markaz direktorining o‘rinbosari Sohibjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha ishtirokchilarga seminar davomida muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so’ng seminarning nazariy qismiga start berildi. Unda Janubiy Koreyaning KOAMI tashkiloti eksperti, professor Yang Chang Hwan tomonidan “aqlli” issiqxonalar mavzusida maxsus tayyorlangan ma’ruza taqdim etildi

blank
blank
blank
Прокрутить вверх