2025 yil 22 aprel kuni — Xalqaro Yer kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari, yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavyerloyiha” instituti, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti, shuningdek, bir qator mahalliy va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
AQSh Хаlqаrо taraqqiyot agentligi (USAID), BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP), Yevropa Ittifoqi, hamda boshqa xalqaro tuzilmalar ekspertlari tadbirda qatnashib, o‘z tajriba va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.
Anjumanda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda yer degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar va xalqaro hamkorlikdagi ishlar natijalari haqida ma’lumot berdi.
Ilmiy-amaliy tadbir doirasida panel sessiyalar, ma’ruzalar, hamda sohadagi eng so‘nggi innovatsion yondashuvlar va ilmiy yangiliklar taqdim etildi.


