KANOP YETISHTIRISH VA QAYTA ISHLASH LOYIHASI BO‘YICHA MUHIM QADAM

blank

Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/9835) Janubiy Koreyaning “SJ Global Corporation” kompaniyasi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bilan hamkorlikda Koreya texnologiyasi asosida kanop yetishtirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi.

Bugun Milliy markazda ushbu loyihaning navbatdagi amaliy va nazariy jihatlari muhokama qilindi. Tadbirda kanop mahsulotining yurtimiz sharoitida qay darajada yetishtirilishi, iqlim va yer unumdorligi masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Dastlab Toshkent viloyatida 20 gektar, Surxondaryo viloyatida 5 gektar va Qoraqalpog’iston Respublikasida 5 gektar maydonga sinov tariqasida Koreyadan keltirilgan kanop urug‘lari ekilib, hosildorlik darajasi tahlil qilinadi. Muvaffaqiyatli natijalarga erishilsa, kanopni respublika bo‘ylab keng miqyosda yetishtirish rejalashtirilmoqda.

Muhokamalar davomida kanopdan olingan mahsulotlar qatorini kengaytirish masalasi ham muhim o‘rin tutdi. Jumladan, kanopdan yog‘ va biodizel ishlab chiqarish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kanop yog‘i o‘zining tibbiyot, kosmetika va oziq-ovqat sanoatidagi foydali xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, kanop yog‘i ekologik toza yoqilg‘i — biodizel sifatida ham samarali ishlatilishi mumkin.

Tadbir yakunida tomonlar yaqin fursatlarda kanop mahsulotini keng ommalashtirish va undan ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlarini ko‘paytirish bo‘yicha kelishib oldilar.

blank
Прокрутить вверх