Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida Bo‘stonliqda mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda

Ayni daqiqalarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda uning tizimidagi Toshkent viloyatida joylashgan ilmiy-tadqiqot institutlaridan 200 nafarga yaqin xodimlar istirok etmoqda. Ular Bo‘stonliq tumanida ekotizimni yaxshilash va atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazish ishlarini olib bormoqda.

Mazkur tadbir “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, u nafaqat ekologiyani yaxshilash, balki qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, hosildor bog‘lar yaratish va hududdagi bioxilma-xillikni saqlab qolishga qaratilgan.

Tadbirda soha mutaxassislari, olimlar va tashabbuskor yoshlar faol ishtirok etmoqda. Ular har bir ko‘chatning to‘g‘ri ekilishi, parvarishi va kelajakda yuqori hosil berishi uchun zarur tavsiyalarni amalga oshirmoqda.

Bo‘stonliqning tog‘ yonbag‘irlarida o‘tkazilayotgan bu ishlarning asosiy maqsadi – ekologik muvozanatni saqlash, havo tozaligini ta’minlash hamda kelajak avlod uchun yashil muhit yaratishdir.

blank
blank
blank
blank
Прокрутить вверх