Agrotavsiyalar

USLUBIY QO‘LLANMA
Hozirgi kunda gʼallachilikda agrotexnik tadbirlar respublika mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib amalga oshirilishini talab etmoqda. Yanvarь oyida oziqlantirilmagan maydonlarida tuproqda azot va namlik maysalar sargʼayib, barg va poyalarning oʼsishi sekinlashib, tuplash koeffitsienti kamayadi. Fevralь oyida kuzgi bugʼdoy navi va rivojlanishiga qarab maqbul muddat va meʼyorlarda oziqlantirilishi, tuproq-iqlim sharoiti va suvga boʼlgan talabga koʼra sugʼorilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi “Qishloqxo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-121-son qarorining 4.1-bandida: “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga quyidagi vazifalar yuklatilsin: fermer xo‘jaliklarining dala chetlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslarni ishlab chiqish, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari seleksiyasi yutuqlarini har bir hududning iqlim sharoitlaridan kelib chiqib qo‘llash” belgilangan.

Ushbu 4.1-bandi bo‘yicha. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan “Dala chetlari, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadon va ko‘p qavatli uylar oldi hamda mahallaning ichki ko‘chalarida sabzavot va poliz ekinlarini ekish va parvarishlash bo‘yicha tavsiyanoma” hamda Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan “Dala chetlarida mevali bog‘ barpo qilish va yetishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqilib, ularning elektron shakllari quyidagi rasmiy veb-saytlarga joylashtirildi.