Tez-tez beriladigan savollar
QANDAY URUG‘ TURLARI BOR?
Erkin changlantirish orqali olingan urug‘lar.
Bu usulda urug‘ olishda maxsus chatishtiruv ishlari amalga oshirilmaydi va bu usul eng arzon hisoblanadi.
F1 duragay urug‘lari. Sunʼiy chatishtirish natijasida olingan urug‘lar. Onalik o‘simliklar odatda toza tizimlardan tanlanadi. Bunday urug‘lar oddiy urug‘larga nisbatan qimmat hisoblanadi, ammo ular o‘lchamlari va bo‘yi bir xil bo‘lgan kuchli o‘suvchi o‘simlik beradi.
Drajelangan urug‘lar. Tuproq yoki boshqa material bilan qoplangan urug‘lar. Bunday urug‘larni sepish juda qulay, unib chiqqan nihollar ham bir tekis sepilganligi bois kuchli yagonalashga muhtoj bo‘lmaydi. Nam tuproqlarda yaxshi unadi, quruq yoki namligi juda yuqori tuproqlarda ularning unuvchanligi yomonlashadi.
————————————————————————————————————————
Ertagi ekinlarni ekish usullari
Ertagi sabzavotlarning bir qismini dastlabki o‘suv davrida shaffof plyonka ostida parvarishlash nihollarning barvaqt barpo bo‘lishi va hosili oddiy usulga nisbatan kamida 15-20 kun erta pishib yetilishini ta’minlaydi.
Ko‘chati orqali ko‘p yetishtiriladigan issiqsevar sabzavotlardan pomidor, shirinqalampir, baqlajon ekinlarini ko‘chat qilish ishlari ko‘chatxonalarda davom ettiriladi. Nihollar 2-3 ta barg chiqarganda orasi 5×6 sm qilib ko‘chirib o‘tqaziladi. Ko‘chirib o‘tqazilgan ko‘chatlar 10-12 kundan so‘ng o‘g‘itlar yordamida birinchi oziqlantiriladi. 6-7 kundan keyin ikkinchi marotaba ko‘paytirib oziqlantiriladi. Uchinchi oziqlantirish ko‘chatlarni ochiq dalaga ekishdan 4-5 kun oldin amalga oshiriladi.
Zararsizlantirilgan urug‘lar. Sanoat sharoitida qadoqlashdan oldin fungitsidlar bilan yoki bir vaqtning o‘zida ham fungitsid, ham insektitsid bilan ishlov berilgan urug‘lar.
Vakuumli qadoqlarga joylangan urug‘lar. Ichki paketi folgadan bo‘lgan vakuum paketchalarga qadoqlangan urug‘lar. Bunday urug‘larning unuvchanligi oddiy idishlardagiga nisbatan ancha uzoq saqlanadi.
Undirilgan urug‘lar. Sanoat sharoitida undirilgan va suv shimmaydigan paketlarga qadoqlangan urug‘lar. Bunday urug‘lar xarid qilingan zahoti ekilishi lozim.
Ishlatilmagan urug‘lar. Odatda ekishdan so‘ng urug‘larning maʼlum bir qismi ortib qoladi. Bu urug‘larni ham ekish uchun ishlatish mumkin. Unutmaslik kerakki, deyarli barcha ekinlarning urug‘i o‘z unuvchanligini yetarlicha uzoq vaqt saqlaydi.
Shaxsiy bog‘dan olingan urug‘lar. Tomorqada pishib yetilgan mevalardan urug‘ olish ancha qiziqarli hisoblanadi, ammo bu ko‘p hollarda yaxshi natija bermaydi, chunki ko‘pgina o‘simliklar erkin changlanishda o‘zining navdorlik xususiyatlarini yo‘qotadi. Loviya va no‘xat esa bundan mustasno bo‘lib, ko‘pchilik dehqonlar ushbu ekinlarni faqat o‘zlari olgan urug‘lardan yetishtiradi.
______________________________________________________________________________
Pomidor kuyasi.
Zarari: Pomidorning eng xavfli zararkunandasi asosan pomidorning bargi, mevasi, o‘suv nuqtalari, ildiz bo‘g‘izlari bilan oziqlanib, zarar yetkazadi. Zararlangan mevalar o‘suv davrida chirib ketadi.
Kurash choralari: Dala sharoitida ituzumguldoshlar oilasiga mansub begona o‘tlarni yo‘qotish, zararlangan o‘simlik qismlarini yo‘q qilish, biologik usulda yirtqich qandalalar, entomopatogen bakteriyali preparatlar va maxsus insektitsidlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
_______________________________________________________________________________
Kolorado qo`ng`izi.
Zarari: Kolorado lichinkasi va qo‘ng‘izi bargni yeb shikastlaydi. Har tup kartoshka o‘simligida 20-40 dona lichinka va qo‘ng‘iz mavjudligida barglar 50-100% nobud bo‘lishi mumkin.
Kurash choralari: Kolorado qo‘ng‘iziga qarshi erta bahorda qishlovdan chiqqan qo‘ng‘izlarning kartoshka bargiga tuxum qo‘yish davrida ichdan taʼsir etuvchi insektitsidlar bilan kimyoviy ishlov o‘tkazish zarur.
_______________________________________________________________________________
Kartoshka kuyasi.
Zarari: Bu zararkunanda kartoshkani o‘suv davrida, hosilini esa omborxonalarda saqlash davrida zararlaydi. Omborxonalarda kuya to‘xtovsiz ko‘payadi, hatto o‘raga ko‘mib qo‘yilgan kartoshkada ham rivojlanib, ko‘paya oladi.
Kurash choralari: Begona o‘tlarni yo‘qotish, hosilni yig‘ish paytida kartoshka tuganaklarini dalada yoyib quritmaslik, ularni darhol sovuq joyga saqlashga qo‘yish, kartoshka saqlanadigan omborxonalarni fumigatsiya qilib zararsizlantirish kerak. Kartoshkani o‘suv davrida kartoshka kuyasiga qarshi feromon tutqichlar o‘rnatish va feromon tutqichga kapalak tushishni boshlagan paytda tavsiya etilgan preparatlar bilan kimyoviy ishlov o‘tkazish zarur.
________________________________________________________________________________
Zang kanasi.
Zarari: Kana o‘simlik barglarining ham ustki, ham ostki tarafida tarqaladi. Zararlangan barglari, gullari, nishonalari va yosh mevalari qurib, to‘kiladi, yirik mevalarining yuzida to‘rsimon shakllar paydo bo‘lib, meva tirishib, yoriladi, uning sifati va xaridorgirligi pasayadi.
Kurash choralari: Bu zararkunandaga o‘rgimchakkanaga qarshi qo‘llaniladigan akaritsidlardan foydalanish mumkin yoki suvda eruvchan 80 foizli oltingugurtni 5–7 kg hisobida ishlatish tavsiya qilinadi.
_________________________________________________________________________________
O‘rgimchakkana.
Zarari: O‘simlik barglarida oq nuqtalar paydo bo‘lib, barglar sarg‘ayib qurib to‘kiladi. Hosil keskin kamayadi.
Kurash choralari: Tuyilgan oltingugurt bilan changlatish, akaritsidlar bilan kimyoviy ishlov berish.
_____________________________________________________________________________________
Bakterioz.
Zarari: Bakteriyaga chalingan o‘simlikning barcha yer ustki qismlari zararlanadi. Mevalardagi dumaloq dog‘lar yaralarga aylanadi.
Kurash choralari: Urug‘larni bakteritsidlar bilan ishlov berib ekish, ish qurollarini dezinfeksiya qilish, sug‘orishni kamaytirish.
________________________________________________________________________________________
Tok kanasi.
Zarari: barglar bujmayib, bargning orqasida dastlab oqish, keyin qo‘ng‘ir jigarrang tusli g‘ubor paydo bo‘ladi. Zararlangan tok rivojlanishdan orqada qoladi, hosilning miqdori kamayib, sifati yomonlashadi.
Kurash choralari: tok navdasini ishkomlarga ko‘tarish, begona o‘tlarni yo‘qotish, xomtok qilish (gullashdan oldin va keyin), maxsus akaritsidlar bilan kimyoviy ishlov berish ishlari bajariladi.
