
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida Koreya Respublikasining EPIS tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy markaz direktori o‘rinbosari G‘afurjon Eshmatov, Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori Bahodir Eshchanov hamda Koreya Respublikasining EPIS tashkiloti bosh menejeri Li Kang Oh ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida K-Farm loyihasini yakunlash va infratuzilmani shakllantirish, shu jumladan kommunikatsiya masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, K-Farm (Korea Farm) – Koreya Respublikasining qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsion loyihasi bo‘lib, u zamonaviy texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan fermer xo‘jaliklarini tashkil etishni nazarda tutadi. Loyiha doirasida aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish, resurs tejaydigan usullardan foydalanish hamda malakali kadrlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Ushbu loyiha doirasida Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda zamonaviy ko‘chatchilik markazi barpo etilmoqda. Bu tashabbus mahalliy qishloq xo‘jaligi sohasida samaradorlikni oshirish, sifatli va ekologik toza ko‘chatlar yetishtirishga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, loyiha doirasida moliyaviy resurslarni taqsimlash, jarayonning shaffofligini ta’minlash va yordam ko‘rsatish maqsadida maxsus hisoblar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 2026 yilgacha AKIS tomonidan K-Farm’ning boshqaruvi va ishga tushishi uchun zarur xodimlar tayinlanishi rejalashtirildi.
