Tomorqachilik – kichik yerda katta imkoniyat

Yuqorida xabar berganimizdek, bugun agrar soha olimlari, tijorat banklari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida ilmiy muassasalar rahbarlari o‘z loyihalarini tijorat banklari vakillariga taqdim etdilar. Shundan so‘ng uchrashuv ishtirokchilari Milliy markazda tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. In-vitro usulida yuqori avlodli kartoshka urug‘liklari yetishtirilayotgan laboratoriya faoliyati ham tijorat banklari vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. Yaqin kelajakda kartoshka yetishtiruvchilarni yuqori avlodli urug‘lik bilan to‘liq ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda ilmiy ishlanmalarining ahamiyati va iqtisodiy samaradorligi muhokama qilinib, tomorqachilikni yanada rivojlantirish yo‘llari belgilab olindi. Tomorqachilik nafaqat aholining turmush darajasini yaxshilash, balki mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois, bu sohadagi innovatsiya va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni tatbiq etish tomorqachilikning kelajagini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

blank

Прокрутить вверх