Koreya qishloq xo’jaligining hozirgi holati va sabzavot ko’chatlarini yetishtirish texnologiyasi

Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida ayni kunlarda qishloq xo’jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari professor o’qituvchilari 288 akademik soatni o’z ichiga olgan malaka oshirish va qayta tayyorlash kursini o’qishmoqda. Tinglovchilar jami 46 nafar bo’lib, o’quvlar online va offline shaklda olib borilmoqda. Ularga agronomiya va agromuhandislik yo’nalishida yurtimizning nufuzli olimlari tomonida zamonaviy metodikalarda ta’lim berilmoqda. Bugun koreyalik olim, Dankuk universiteti professori Lee Dong Jin tinglovchilarga «Koreya qishloq xo’jaligining hozirgi holati va sabzavot ko’chatlarini yetishtirish texnologiyasi» mavzusida taqdimot qildi. Unda Janubiy Koreyaning ilg’or texnologiyalari haqida ma’lumot berildi.
Прокрутить вверх