
Gap şundaki, şoli navlarini yaratiş va ularning istiqbolli namunalarini tanlaşda ilmiy tadqiqotlar samaradorligi köp jihatdan ösimliklar uçun zarur bölgan tabiiy muhit omillarini nazorat qiliş imkoniyatiga boğliq. Endilikda Şoliçilik ilmiy-tadqiqot institutida foydalanişga topşirilgan zamonaviy “Fitatron” majmuasi olimlarga ana şunday imkoniyatni taqdim etadi. "Fitatron" majmuasi Koreya Respublikasining Özbekistondagi KOPIA markazi tomonidan taqdim etildi.
Majmuaning tantanali oçiliş marosimida Qişloq xöjaligi vazirligi, Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi vakillari, koreyalik mutaxassislar, institut olimlari, doktorantlar hamda şolikor fermerlar iştirok etdi.
Tadbirda Qişloq xöjaligi vazirligi kotibiyati boşliği Şamşod Ergaşev sözga çiqib, Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasida qişloq xöjaligi, xususan, şoliçilik sohasida yölga qöyilgan ilmiy-amaliy hamkorlikning ahamiyatiga alohida töxtaldi.
U yangi majmuaning foydalanişga topşirilişi institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, ilmiy izlanişlarni yangi bosqiçga olib çiqiş hamda yoş tadqiqotçilar uçun zamonaviy ilmiy muhit yaratişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.
Şuningdek, KOPIA markazi direktori Kim Jae Hyun majmuaning taşkil etilişi, texnik imkoniyatlari, ilmiy tadqiqotlardagi afzalliklari va şoli seleksiyasi jarayonlarini jadallaştirişdagi örni haqida batafsil maʼlumot berdi.
Taʼkidlaş joizki, fitatron — ösimliklarning ösişi va rivojlanişi uçun zarur bölgan harorat, namlik, yoruğlik hamda boşqa muhim ekologik omillarni boşqariş imkonini beruvçi zamonaviy ilmiy-tadqiqot majmuasidir. Unda turli iqlim şaroitlarini sunʼiy ravişda yaratiş va ösimliklarning uşbu şaroitlarga munosabatini örganiş mumkin.
Marosim davomida iştirokçilar majmuaning işlaş mexanizmi, boşqaruv tizimi, yaratilgan şaroitlar hamda unda taşkil etilgan dastlabki ilmiy tajribalar bilan yaqindan tanişdilar.
Mutaxassislar fitatron yordamida ösimliklarning rivojlanişini muntazam kuzatiş, turli iqlim omillarining şoli navlariga taʼsirini örganiş, şuningdek, seleksiya uçun istiqbolli namunalarni tanlaş imkoniyatlari haqida tuşuntiriş berdilar.
Yangi majmua şoli seleksiyasi böyiça ilmiy tadqiqotlarni yanada takomillaştiriş, istiqbolli navlarni yaratiş va tanlaş jarayonlarini jadallaştirişga xizmat qiladi.





Manba: Telegram kanali



