
Qishloq xo‘jaligi soha va tarmoqlaridagi muammolarning ilmiy yechimiga oid tashabbuskor ilmiy loyihalar doirasida Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida “Degradatsiyaga uchragan maydonlarda tuproq unumdorligini oshirish hamda bir gektardan 100 mln so‘m daromad olish maqsadida moyli yeryong‘oqni takroriy ekin sifatida yetishtirish, moy olish texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda loyiha doirasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida moyli yeryong‘oqning xorijiy va mahalliy yangi navlari takroriy ekin sifatida yetishtirilib, hosili yig‘ishtirib olinmoqda.
Loyiha doirasida yeryong‘oqning don va poya hosildorligi hamda donining sifat ko‘rsatkichlari aniqlanmoqda. Shuningdek, eksportbop araxis moyi ishlab chiqarish uchun xomashyo bazasini kengaytirish hamda chorvachilik uchun oqsilga boy ozuqa yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqib, ishlab chiqarishga joriy etish ko‘zda tutilgan.


Manba: Telegram kanali



