O‘zbekiston–Misr: cho‘l-yaylov yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekiston–Misr: cho‘l-yaylov yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida Misr delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad agrar sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, yem-xashak ekinlarini yetishtirish hamda cho‘l-yaylov yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy aloqalarni rivojlantirishdan iborat. Uchrashuv davomida tomonlar ozuqabop ekinlar seleksiyasi, cho‘l va yaylov hududlari mahsuldorligini oshirish hamda iqlim o‘zgarishiga chidamli navlarni sinovdan o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.

Misrlik mutaxassislar institutning ilmiy-tadqiqot salohiyati, laboratoriyalar faoliyati va tajriba dalalarida olib borilayotgan seleksiya ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Manba: Telegram kanali

Scroll to Top