
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Koreya Qishloq jamoalari korporatsiyasi (Korea Rural Community Corporation — KRC) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda KRC Global loyihalar ofisi bosh direktori Kvon Yon Jun boshchiligidagi ekspertlar ishtirok etdi.
Shuningdek muloqot davomida:
Smart-texnologiyalar transferi: Janubiy Koreyaning ilg‘or agrotexnologiyalari va raqamli qishloq xo‘jaligi yechimlarini milliy tizimga tatbiq etish;
Soha mutaxassislari va fermerlar malakasini oshirish bo‘yicha xalqaro standartlarga mos yangi o‘quv modullarini ishlab chiqish;
Ilmiy xodimlarning stajirovkalarini tashkil etish, innovatsion inkubatorlar va grant loyihalarini birgalikda hayotga tatbiq qilish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ushbu muloqot Koreya tajribasi asosida respublikamizda zamonaviy agromutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan oshirishga mustahkam poydevor yaratishini ta’kidladilar.


Manba: Telegram kanali



