Bugun g‘alla parvarishida muhim palla sanaladi

Bugun g‘alla parvarishida muhim palla sanaladi. Boisi, yaratilajak hosilning nechog‘lik tosh bosishi g‘allakorlarning ayni kunlardagi holatga to‘g‘ri baho berib, bobodehqonlarning ko‘p yillik tajribasiyu soha olimlarining ilmiy asoslangan tavsiyalariga amal qilib, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli bajarishiga bog‘liq.

«Yangi O‘zbekiston» gazetasining bugungi sonida g‘alla paravarishi mavzusida chop etilgan maqolada ham Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida olimlar tomonidan berilgan ilmiy tavsiyalar, boshoqli don ekinlarining bugungi kun holati tahlili hamda kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlar qalamga olingan.

 Xuddi shu mavzudagi yana bir maqola «Qishloq hayoti» gazetasining bugungi sonidan joy olgan. Maqolalarni gazetalarning elektron variantida ham mutolaa qilishingiz mumkin.

 

Прокрутить вверх