
Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti KOPIA markazi hamkorligida tajriba maydonlarida Koreyadan keltirilgan serhosil sholi navlari hamda mahalliy navlar ustida tadqiqotlar olib bormoqda.
Tadqiqotlardan ko'zlangan asosiy maqsad:
O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitiga mos, serhosil va ertapishar sholi navlarini yaratish hamda mamlakatimizda sholichilik samaradorligini oshirishdan iborat.
Manba: Telegram kanali



