G’allachilikda yangi bosqich— istiqbolli navlar va ilmiy yondashuv

G'allachilikda yangi bosqich— istiqbolli navlar va ilmiy yondashuv

Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Farg‘ona viloyati Agroxizmatlar markazi hamkorligida hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos, yuqori hosildor va istiqbolli bug‘doy navlarini tanlash, ularni ishlab chiqarishga keng joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Hamkorlik doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan g‘alla yetishtirishning 8 qonuniyati asosida agrotexnik tadbirlarni tizimli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, urug‘ tayyorlash, ekinlarni oziqlantirish va sug‘orish, kasallik hamda zararkunandalardan himoya qilish, shuningdek, hosil sifati va samaradorligini ta’minlash jarayonlari ilmiy yondashuv asosida amalga oshirilmoqda.

Manba: Telegram kanali

Scroll to Top