
Ayni kunlarda Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi o‘tkazilayotgan majlisi doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma turli yo‘nalishlardagi yutuqlar, ilg‘or tajribalar va zamonaviy ishlanmalarni namoyish etish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ko‘rgazmada Qishloq xo'jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy muassasalarda yaratilgan ilmiy ishlanmalar, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasidagi yutuqlar hamda ishlab chiqarishga joriy etilayotgan innovatsion yechimlar keng namoyish etilmoqda.
Jumladan, qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘chiligiga oid ilmiy ishlanmalar, zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida yetishtirilayotgan sabzavot ekinlari urug‘lari, g‘o‘za urug‘lari, shuningdek, sholichilik va moyli ekinlar yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlar natijalari ko‘rgazmadan o‘rin olgan.
Ushbu ilmiy ishlanmalarning mazkur ko'rgazmada namoyish etilishi tadqiqotlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarida zamonaviy yondashuvlardan foydalanish hamda kelgusida ularni tijoratlashtirishda keng imkoniyatlarni yaratadi. Ko'rgazmada namoish etilgan ilmiy ishlanma namunalari ishtirokchilarda juda katta qiziqish uyg'otdi.





Manba: Telegram kanali



