
Qishloq xo‘jaligi vazirligining atrof-muhit tozaligini ta’minlash va chiqindilarni belgilangan joyga tashlash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tashabbusi doirasida Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining barcha ilmiy-tajriba stansiyalari faol ishtirok etmoqda.
Tashabbus doirasida institut va ilmiy-tajriba stansiyalarining dala chetlari, ma’muriy binolar atrofi hamda boshqa hududlariga chiqindilarni yig‘ish uchun basketbol halqasi shaklidagi maxsus moslamalar o‘rnatilmoqda.
Ushbu tashabbus ilmiy-tajriba stansiyalarida nafaqat obodonlik va tozalikni ta’minlash, balki ekologik madaniyatni kundalik faoliyatning ajralmas qismiga aylantirishga xizmat qilmoqda.


Manba: Telegram kanali



