Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilayotgan “Guarning moslashuv va seleksion imkoniyatlarini ochib berish orqali uning ekin maydonini global iqlim o‘zgarishi sharoitida kengaytirish” mavzusidagi 🇺🇿🇷🇺O‘zbekiston–Rossiya qo‘shma ilmiy loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining N.I. Vavilov nomidagi Butunrossiya o‘simlik genetik resurslari instituti (VIR) olimlari institutda bo’lishdi.








