8-mart—Xalqaro xotin qizlar kuni

Bahor faslining avvalida butun dunyo bo‘ylab Xotin-qizlar kunini nishonlash yaxshi an’anaga aylangan. Bunda ham, albatta, ramziy ma’no-mazmun bor. Zero, tabiatning uyg‘onishi, yangi hayot nafasining ufurishi hayotimizga go‘zallik, qalblarimizga mehr-muhabbat olib kiruvchi ayollarimizning bayrami bilan hamohang.

Milliy markazda ham «8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Jamoadagi xotin-qizlarni Milliy markaz direktori o’rinbosari Sohib Islomov samimiy muborakbod etib, bayram sovg’alarini topshirdi.

blank

«Ayol millat kelajagi, hayot davomchisi. Xotin-qizlar eʼzozlangan va qadrlangan yurtning buguni va ertasi farovon boʻladi. Shu jihatdan keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni taʼminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish oʻrinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatini ustuvor yoʻnalishiga aylandi. » dedi Sohib Islomov.

blank
blank

Прокрутить вверх