
Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent davlat agrar universitetida 7-oktabr — «Butunjahon paxta kuni» bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
(https://t.me/AKIS_milliy_markaz/11914)
Anjuman davomida ma’ruzachilar paxta tarmog‘ida ekologik barqarorlikni ta’minlash, organik paxta yetishtirish hajmini kengaytirish, xalqaro bozorlarda “O‘zbekiston paxtasi” brendini mustahkamlash hamda ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish masalalariga e’tibor qaratdilar.



Ushbu tadbirda paxtachilik ilm-fanining yetuk olimlari paxtachilikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek, paxta-to‘qimachilik sanoatining to‘liq zanjirini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalar, raqamli yechimlar, xalqaro hamkorlik va malakali kadrlar tayyorlash muhim omil ekani qayd etildi.


