Hurmatli hamkasblar, aziz olimlar, mutaxassislar va qadrli qishloq xo‘jaligi sohasi fidoyilari!
Sizlarni yangi 2026-yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Ortda qolgan yil mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ilm-fan, innovatsiya va amaliyot uyg‘unligini mustahkamlash yo‘lida muhim yutuqlar va mas’uliyatli vazifalar bilan yodda qoldi. Ilmiy izlanishlar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash borasidagi sa’y-harakatlaringiz yuksak e’tirofga loyiqdir.
Yangi 2026-yil barchamiz uchun yangi imkoniyatlar, ulkan marralar va barqaror rivojlanish yili bo‘lisin.
Bayram munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar, tinchlik va farovonlik tilayman.
Yangi yil barchangizga qut-baraka, omad va muvaffaqiyatlar olib kelsin!
Shodmon Namozov,
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar
milliy markazi direktori,
akademik




